Abdukarim Mirzayevning advokati Mahmud Said Arslon ma’muriy qamoqni tugatish to‘g‘risida Istanbul Jinoyat sudi sudlariga yuborilgan arizalar murojaat sabablari o‘rganilmagan holda rad etilganini ta’kidladi. O‘z navbatida, jurnalistning hamkasbi u bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgan olti shubhali shaxsning aybsiz ekani aniqlanganini ma’lum qildi.
Turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan o‘zbek jurnalisti Abdukarim Mirzayevning Turkiyadan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning qachon qo‘yib yuborilishi vaqt bilan bog‘liq masala ekani aytildi.
Turkiyada hibsga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayev hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi. Shubhalar isbotini topmadi, biroq jurnalistni deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting